
Keling, konditsionerni tanlashda nimalarga e'tibor berish kerakligini aniqlaymiz
Konditsionerning turlari?
Ko’pincha devor konditsionerlar split tizimli bo’ladi, ya’ni ikki blokdan iborat bo’ladi bloklardan biri ko’cha tomonga o’rnatiladi. Split tizimli konditsionerlar joy o’g’irlamaydi, hamyonbop narxlarda va havoni isitadi.

Konditsionerni qanday tanlash mumkin?
Konditioner tanlayotgan vaqtingiz kompressorga ahamiyat bering Inventor bo’lmagan konditsionerlar to’liq quvvatda ishlayotgan vaqt, xonani kerakli darajada sovutadi va o’zi o’chadi. Bu model ko’p elektrenergiyani talab qilishiga qaramasdan, inventor konditsionerlardan arzonroq bo’ladi shuningdek bu ikki model funksiyalari bir xil.
Inventor konditsionerlar ishlash quvvatini o’zi nazorat qiladi, haroratni tushiradi, elektr energiyasini tejaydi va xona haroratini kerakli darajada ushlab turadi. Inventor bo’lmagan konditsionerlar bilan solishtirganda, inventor konditsionerlar 30–40% foiz elektr energiyani tejaydi.
Quvvat haqida?
Tanlayotgan vaqtda, konditsionerni quvvatiga katta ahamiyat berish kerak. Quvvatni hisoblash uchun universal formula — 1 kVt 10 m. Hisob-kitobni osonlashtirish uchun internetda maxsus kalkulyatorlar mavjud.
Xona maydoni va konditsioner quvvati | Konditsioner o'lchami |
---|---|
5-20 m² 2 kVt | 07 |
21-25 m² 2.5 kVt | 09 |
26-35 m² 3.5 kVt | 12 |
36-50 m² 5 kVt | 18 |
51-70 m² 7 kVt | 24 |
Konditsionerlarda xavfli viruslar bormi?
Konditsionerda bakteriologik filtr bo'lmasa, unda bakteriyalar va viruslar ko'payadi deb eshitgan bo'lishingiz mumkin. Bu to'g'ri emas - bakteriyalar ko'payish uchun nam va yuqori haroratga ega muhit kerak bo'ladi. Konditsionerning ichki birligida harorat past bo'ladi va kondensat (qurilmaning normal ishlashi paytida) darhol tashqariga chiqariladi. Shunday qilib, konditsionerda bakteriyalarni ko'paytirish uchun sharoit yo'q. Viruslar esa tirik hujayradan tashqarida ko'paya olmaydi. Asosiysi, filtrlarni to'plangan changdan o'z vaqtida tozalash.
