Робот-пылесос Xiaomi Robot Vacuum X10, белый
Muddatli to’lovga sotib olish
349 927 so'm/oyiga
Narx
4 799 000 so'm
Sotuvchi
Yetkazib berish
—Bepul yetkazib berish
Toshkent bo'ylab 1 kundan boshlab. O' zbekiston bo'ylab 3 kundan boshlabTovarni qaytarish
Tavsif
Ishlab chiqaruvchining rasmiy kafolati: 1 yil.
Xiaomi Robot Vacuum X10
Bonus!
Xiaomi X10 robot changyutgichini sotib olsangiz, sizga bonus sifatida Xiaomi Smart Humidifier 2 beriladi. Ushbu havo-namlagich xona ichidagi namlikning maqbul darajasini saqlab turadi, havoning quruqlashib ketishini oldini oladi. Qolaversa, bu sizning uyingizda qulay va sog'lom muhit yaratishga yordam beradi.
Sizga Xiaomi Robot Vacuum X10 EU - tozalash standartlari haqidagi tushunchani o'zgartiruvchi aqlli changyutgichni taqdim etishdan mamnunmiz. Changdan oson tozalash, axlat yig'ish qopining katta sig'imi, ilg'or lazerli navigatsiya va kuchli changyutish tizimi kabi xususiyatlarga ega ushbu changyutgich uyingizni toza saqlashda ishonchli yordamchingizga aylanadi.
Changyutish quvvati
Ventilyatorning 4000 Pa darajadagi quvvati changyutgich chang, axlat va boshqa mayda zarralarni samarali o'ziga tortib, yig’ishini ta'minlaydi. Tozalash qiyin bo'lgan joylarni ham yuqori samarali tozalab beradi.
Bunday yuqori quvvatga ega bo'lgan Xiaomi Robot Vacuum X10 EU har xil turdagi yuzalar, jumladan gilam, laminat va plitkalarni muvaffaqiyatli tozalaydi. Bu Sizning uyingiz uchun keng qamrovli tozalash tajribasini beradi.
Yuqori quvvat nafaqat kirni samarali tozalash, balki havoni yanada samarali filtrlash imkonini beradi. Bu, ayniqsa, allergiyaga moyil bo'lgan odamlar uchun juda muhimdir, chunki changyutgich hatto eng kichik chang zarralari va allergenlarni ham yig'adi.
Sig'im
O'z-o'zini tozalash moslamasi robot changyutgichning chang idishini bir zumda bo'shatadi. Va o'rnatilgan chang qopchasi 60 ta tozalash sikli uchun yetarli. Bu shuni anglatadiki, tozalash vaqtida qopchani tez-tez o'zgartirishingiz shart emas. Bu, ayniqsa, uy atrofida bir necha marta o'tishni talab qiladigan holatlarda yoki katta maydonlarni tozalashda foydalidir.
Xiaomi Robot Vacuum X10 robot changyutgichi elektron boshqaruvga ega 200 ml suv idishi bilan jihozlangan. Uyingizda pollarni toza saqlash uchun uchta rejim namlikni ko'lmaksiz va bir me’yorda taqsimlaydi.
Lazerli navigatsiya
LDS tizimi atrofdagi hududlarni lazer nurlari bilan skanerlash orqali xonangizning aniq xaritasini yaratadi. Bu changyutgichga hozir qaysi joyda ekanligini aniqlash va optimal tozalash marshrutini yaratish imkonini beradi.
Xonaning olingan xaritasiga asoslanib, changyutgich optimal tozalash marshrutlarini rejalashtiradi. Bu vaqt xarajatlarini kamaytiradi va hatto katta maydonlarni yanada samarali tozalashni ta'minlaydi.
Lazerli navigatsiya Xiaomi Robot Vacuum X10 EU-ga mebel, to'siqlar va zinapoyalarning joylashishini aniq ko'rish imkonini beradi. Bu to'qnashuvlar va tushishlarning oldini oladi.
Akkumulyator
Xiaomi Robot Vacuum X10 EU ning asosiy afzalliklaridan biri uning 5200 mA/soat quvvatga ega kuchli akkumulyatoridir. Ushbu akkumulyator 180 daqiqagacha uzluksiz ishlashni ta'minlaydi, bu changyutgichga katta maydonlarni qayta zaryad qilmasdan doimiy ravishda tozalash imkonini beradi.
Intellektual boshqaruv
Xiaomi Robot Vacuum X10 EU changyutgich bilan ishlashni yanada qulay va intellektual qiladigan innovatsion boshqaruv usullarini taklif etadi.
Internetga ulangan mobil ilova Sizga istalgan joydan changyutgichni boshqarish imkonini beradi. Siz to'g'ridan-to'g'ri smartfoningizdan tozalashni boshlashingiz, to'xtatishingiz yoki rejalashtirishingiz mumkin.
Xiaomi Robot Vacuum X10 EU Google Assistant va Amazon Alexa kabi mashhur ovozli yordamchilar bilan integratsiyani qo'llab-quvvatlaydi. Ovozli buyruqlar yordamida tozalashni boshqarishingiz mumkin.
Xiaomi Robot Vacuum X10 EU nafaqat yuqori texnologiyali yutuq, balki uyingiz tozaligi haqida g'amxo'rlik qilishga tayyor ishonchli yordamchidir.
Texnik xususiyatlari:
Mahsulot o'lchamlari: 397×285×384 mm
Nominal quvvat: 1000 Vt
Sof vazni (robot changyutgich): 3,3 kg
Sof vazni (aksessuarlar bilan): 7,4 kg
Xususiyatlari
Общие характеристики
Функции
Установка на зарядное устройство
Тип уборки
Система навигации
Дополнительные характеристики
Уровень шума
Пылесборник
Тип контейнера
Объем контейнера для воды
Питание
Время работы от аккумулятора
Емкость аккумулятора в комплекте
Тип аккумулятора в комплекте