Savol: Shayx janoblari, hozirgi kunda televizor va boshqa maishiy texnikalarni tan narxining 20-30% oldindan to’lab kredit olish juda ommalashib ketdi. Bu shariatimizga zid emasmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
Javob bermoqdalar: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Rohimahulloh
— Bunday savdo foizli deb aytilmaydi. Aksincha, narxni bo’lib to’lash deyiladi. Misol uchun, o’sha televizorning narxi naqd pulda 700 ming so’m bo’lsa va xaridorning birdaniga butun hisobni to’lash imkoniyati bo’lmasa, sotuvchi tovarni muddatli to’lovga 900 ming narxi bilan sotadi. Xaridor rozi bo’lsa, shartnoma tuziladi. Bu turdagi savdo to’g’ri deb hisoblanadi. Ammo «kredit» so’zi ko’pchilikni shubhalantirib qo’yadi. Chunki «kredit» so’zi qarz ma’nosida ham ishlatiladi. Ya’ni, birovga ma’lum miqdorda har doim qarz berib turish. Berilgan qarz ustiga foyda olinsa, «ribo» bo’ladi.