Блендер Xiaomi Smart Blender EU , белый
Блендер Xiaomi Smart Blender EU , белый
1 599 000 so'm
1 910 000
-16%
Muddatli to'lov
116 594 so‘m/oyiga
Tavsif
Xiaomi Smart Blender — bu zamonaviy texnologiyalar, qulaylik va ta’mdan bahra oladiganlar uchun mo‘ljallangan aqlli va kuchli blender. Borosilikat shishasidan tayyorlangan idishi 1,6 litrgacha sig‘imga ega bo‘lib, nafaqat sovuq smuzi va kokteyllarni, balki issiq sho‘rvalar va pyurelarni ham osongina tayyorlash imkonini beradi.

Qurilma ishonchli dvigatel bilan jihozlangan: aralashtirishda 1000 Vtgacha, isitishda esa 950 Vtgacha quvvat bilan ishlaydi. Bu esa hatto eng qattiq mahsulotlarni ham tez va bir tekisda qayta ishlashga imkon beradi. To‘qqizta tezlik darajasi turli zichlikdagi mahsulotlarni tayyorlashda to‘liq nazoratni ta’minlaydi — mevalarni yumshoq aralashtirishdan tortib, yong‘oq va muzni maydalashgacha.

Blenner OLED-displey va aylanuvchi tutqich orqali boshqariladi: siz avtomatik rejimlardan birini tanlashingiz yoki qo‘lda sozlashingiz mumkin. Taymer yordamida 12 soatgacha kechiktirilgan startni belgilash mumkin, bu esa oldindan rejalashtirib, kerakli vaqtda taom tayyor bo‘lishini ta’minlaydi. Haroratni saqlab turish funksiyasi tayyor mahsulotni 4 soatgacha iliq holatda ushlab turadi.

O‘z-o‘zini tozalash funksiyasi blenderdan foydalanishni yanada osonlashtiradi: idishga suv quying, maxsus rejimni tanlang — qolganini qurilma o‘zi bajaradi. Aqlli xavfsizlik tizimi esa qurilmaning haddan tashqari qizib ketishiga, qopqoq noto‘g‘ri yopilganda yoki noto‘g‘ri yig‘ilganda ishlashiga yo‘l qo‘ymaydi.
Ixcham o‘lchamlari va zamonaviy minimalist dizayni bilan Xiaomi Smart Blender har qanday oshxonaga mos keladi. U funksionallik, yuqori unumdorlik va qulaylikni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, har kuni mazali va foydali taomlar tayyorlashda ishonchli yordamchiga aylanadi.
Xususiyatlari
Общие характеристики
Максимальная мощность
Ko'za materiali
Дополнительные функции
Управление
Тип
Sig‘im
Bepul yetkazib berish
O‘zbekiston bo‘ylab 3 kundan boshlab
Tovarni qaytarish











