Умная колонка Яндекс Станция 3, серый
Умная колонка Яндекс Станция 3, серый
3 979 500 so'm
Muddatli to'lov
290 172 so‘m/oyiga
Tavsif
Yandeks Stansiya 3 — Yandeksning aqlli kolonkalar lineykasidagi yangilik. U ixcham dizayn, yangilangan uskuna va bunday oʻlchamdagi kalonkalar uchun oʻzining sofligi bilan hayratga soluvchi tovushni oʻzida mujassam etgan. Alisa kalonkasi — katta oʻlchamlarga qoʻshimcha pul toʻlamasdan, maksimal texnologiyalarga ega boʻlishni xohlaydiganlar uchun ideal tanlov. Oʻzbekistonda yandeks stansiya 3 ni «Умный дом» doʻkonida sotib olishingiz mumkin.
Baland tovush
Akustik tizimning oʻziga xos konfigurasiyasi immersiv samara yaratib, Stansiya 3 tovushini maksimal darajada hajmli va qudratli qiladi. 50 Vt quvvat va keng polosali dinamik hajmli va mutanosib tovushni ta'minlaydi. Radiatorlarning yangi konstruksiyasi “bas” tovushlarining chuqurroq va yumshoqroq yangrashini ta'minlaydi. Alisa kalonkasi — musiqa muxlislari uchun ajoyib tanlov.
“Room Correction” texnologiyasi
Aqlli algoritmlar tovushning devor va mebeldan qanday qaytishini tahlil qiladi va tovushni xonangiz akustikasiga moslab kalibrlaydi. Uy uchun aqlli kolonka musiqani zavq bilan tinglash imkonini beradi.
Yorugʻlik sehri: kayfiyatingizning 16 million rangi
Yandeks Stansiya 3 kolonkasining ustki qopqogʻi ostida 16 million rangni qoʻllaydigan yangilangan svetodiodli panel oʻrnatilgan. Bittagina buyruq — va yoritgichli yandeks kolonkasi xonangizni rangli chiroqlarga toʻlgan raqs maydonchasiga aylantiradi. Original Yandeks kolonkasi «Умный дом» doʻkonida bir nechta rangda mavjud.
Turli yoritish rejimlari
«Lava lampasi» rejimi tufayli stansiyani bezak chirogʻi sifatida ishlatish ham mumkin. Tunda yorugʻlik koʻzni qamashtirmaydi — yorugʻlik datchigi avtomat ravishda yorqinlikni pasaytiradi, kunduzi esa uni quyosh nurida ham koʻzga tashlanadigan holatga keltiradi. Shuningdek, chiroq oddiy musiqa tinglashni mini-shouga aylantirgan holda, yorugʻlikni ritmga moslaydi va ranglarni almashtiradi. Aqlli kolonka rgb — bu bir vaqtning oʻzida ham kolonka, ham tungi chiroq!
Aqlli uy markazi (Zigbee, Matter)
Yandeks aqlli kolonkasi ichiga Yandeks datchik va chiroqlarini boshqaradigan Yandeks xab oʻrnatilgan. Zigbee va Matter qurilmalar toʻgʻridan-toʻgʻri bir-biri bilan aloqa qiladi, ya'ni internetsiz ham tez va mustaqil ishlaydi. Alisali uy endi yanada ishonchli va aqlliroq. Yandeks uy kolonkalarini rasmiy kafolat bilan «Умный дом» doʻkonida sotib olishingiz mumkin.
Yandeks stansiya endi gpt bilan
Yandeks Stansiya 3 kolonkasida endi YandexGPT neyrotarmogʻi asosida ishlaydigan Alisa yashaydi. Bu uni oddiy buyruqlar toʻplamiga emas, balki toʻlaqonli SI-yordamchiga aylantiradi.
SI integrasiya tufayli u quyidagilarni bajaradi:
· Kontekstni saqlaydi: Aniqlik kirituvchi savollarni bersangiz, oldingi gapda nima haqida soʻz borganini tushunadi.
· Kontent yaratadi: Soʻrovingizga koʻra Alisa tabrik matnini yozadi, mashqlar rejasini tuzadi, bolalarga ertak oʻylab topadi yoki kechki ovqat uchun gʻoyalar taklif qiladi.
Murakkab narsalarni tushuntiradi: SI unga savollarga deyarli matnli chat singari batafsilroq va tushunarliroq javob berishga yordam beradi (masalan, «Alisa, bolaga osmon nega zangori ekanini tushuntir»).
«Pro» opsiyasi: Murakkab ijodiy va ish vazifalarini hal qilish uchun eng qudratli neyrotarmoq versiyasini (YandexGPT 3 Pro) ulaydigan «Alisa Pro» obunasi mavjud.
Alisa uzbekcha
Endi Alisa oʻzbek tilida ham gapiradi! Oʻzbek bolalari uchun Alisa aqlli kalonkalari ajoyib sovgʻa — zero aqlli Alisa oʻzbek tilida suhbatlashishi, savollarga javob berishi va ertak oʻqishi mumkin.
Texnik xususiyatlari:
· Oʻlchamlari: 132 × 132 × 201 mm
· Ogʻirligi: 1760 g
· Korpus materiali: mato, plastik
· Tizimning umumiy quvvati: 50 Vt
· Keng polosali dinamiklar: 3 dona
· Past chastotali dinamiklar: 2 dona
· Passiv nurlatgichlar: 2 dona
· Chastotalar diapazoni: 65 – 20 000 Gs
· Mikrofonlar soni: 6
· Room Correction: 2.0
· Monoxrom LED-displey: 252 segment
· Embrient yoritish: 16 mln rang
· Simsiz aloqa: Wi-Fi, Bluetooth 5.0
Xususiyatlari
Общие характеристики
Функциональность
Язык голосового помощника
Дополнительные функции
Голосовой помощник
Технические характеристики
Подключение
Стандарт Bluetooth
Частотный диапазон Wi-Fi
Особенности :
Стандарт Wi-Fi
Работает в системе Умный дом :
Материал корпуса :
Тип питания :
Разъемы и интерфейсы :
Экосистема Умного дома :
Протокол связи Умного дома :
Rangi
Дополнительная информация :
Вес :
Беспроводная связь
Звук
Количество широкополосных динамиков
Минимальная воспроизводимая частота
Количество микрофонов
Максимальная воспроизводимая частота :
Суммарная мощность
Диаметр широкополосного динамика
Bepul yetkazib berish
O‘zbekiston bo‘ylab 3 kundan boshlab
Tovarni qaytarish









.png)


.png)


