Электросамокат Xiaomi Mi Electric Scooter 3, черный
Muddatli to’lovga sotib olish
411 177 so'm/oyiga
Narx
5 639 000 so'm
Akkauntingizga kiring
Limitingizni bilib oling
Sotuvchi
Bepulyetkazib berishAlif Shop
Toshkent bo‘ylab 1 kundan, O‘zbekiston bo‘ylab 3 kundan boshlabTovarni qaytarish
Tavsif
Elektr samokat ommabop transport turlaridan biriga aylangan. U ixcham, boshqarilishi oddiy va ekologik. Xiaomi Mi Electric Scooter 3 yordamida siz osongina ishga, masalan, metro bekatigacha va bekatdan chiqib o‘z manzilingizgacha yetib olishingiz mumkin.
Katta yurish zaxirasi, ishonchli tormoz tizimi va mustahkam yig‘ma konstruktsiyasi tufayli samokat xavfsiz va qulay yurish sharoitini ta’minlaydi.
Tezlik
Oshirilgan 600 Vt quvvatga ega Mi Electric Scooter 3 elektr skuterining zamonaviy dvigateli tezlikni 25 km/soatgacha rivojlantirish hamda 16% gacha qiyalikdagi tepalikka ko‘tarilish imkonini beradi. Endi siz shahardagi tiqilinchlarga e’tibor bermaysiz va doim manzilga belgilangan vaqtda yetib borasiz.
Yurish zaxirasi
Akkumulyator 100% zaryadlanganida 30 km gacha avtonom harakatlanishni (aniq ma’lumotlar tezlikka, foydalanuvchining vazniga, yo‘l qoplamasining xarakteriga bog‘liq) ta’minlaydi. Energiyani rekuperatsiyalash tizimi (KERS) kinetik energiyani elektr energiyasiga aylantiradi va tormozlanish hamda yumalanish harakatida, yurish zaxirasini oshirgan holda, akkumulyator zaryadini to‘ldiradi.
Harakatlanish rejimlari
Piyoda (5 km/soatgacha);
Standart (20 km/soatgacha);
Sport (25 km/soatgacha).
Piyoda rejim shoshmasdan sayr qilish uchun va samokatda endi yurishni boshlagan foydalanuvchilar uchun mos keladi. Standart rejimda istirohat bog‘ida sayt qilishingiz yoki ekstrimsiz manzilga yetib olishingiz mumkin. Sport rejimida samokat 25 km/soatgacha tezlikni rivojlantiradi va ma’ruzaga yoki ishga kechikishingizga yo‘l qo‘ymaydi.
Akkumulyatorning intellektual himoyasi
Mi Electric Scooter 3 ishonchli litiyli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, u qisqa tutashuvdan va noto‘g‘ri zaryadlanishdan ko‘p bosqichli himoyaga ega. Zaryad darajasi 30% dan kamayganida va, agar samokatdan bir necha kun davomida foydalanilmasa, batareya haddan tashqari zaryadsizlanishdan himoyalanish va xizmat muddatini uzaytirish uchun avtomat tarzda «uyqu» rejimiga o‘tadi.
Yengillik va mustahkamlik
Mi Electric Scooter 3 skuterining yengillashtirilgan o‘ta mustahkam ramasi Series 6 alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan bo‘lib, yig‘iladigan konstruktsiyaga ega. Samokat yig‘ilgan shaklda uncha ko‘p joyni egallamaydi, uning og‘irligi bor-yo‘g‘i 13 kg, shu bois uni o‘zingiz bilan ofisga olishingiz yoki avtomobil yukxonasida olib yurishingiz mumkin.
Jihozlanishi
Orqa diodli farasi hamda katta old va ikki yo‘nalishli yon qaytaruvchilari sutkaning qorong‘i paytida xavfsiz yurishni ta’minlaydi. Rul stoykasida ramkasiz displey joylashgan bo‘lib, u go‘yoki gadjetning umumiy konstruktsiyasiga qo‘shilib ketganday ko‘rinadi. Ekranda joriy tezlik, ish rejimi, batareya zaryadi va boshqa ma’lumotlar aks etadi. Samokat g‘ildiraklari foydalanuvchini suv va loy tomchilaridan himoya qiluvchi maxsus qanotlar bilan jihozlangan.
Ishonchli tormoz
Takomillashtirilgan ikkita kolodkali diskli orqa tormoz har qanday yo‘l vaziyatiga javoban samokatni tez to‘xtatish imkonini beradi. Sizga xavfsiz yurish va samarali tormozlanish kafolatlangan. 8.5 dyuymli pnevmatik shinalar esa urilishlarni samarali amortizatsiyalaydi va sirpanishning oldini oladi.
Bluetooth orqali ulanish
Elektr transportingizning ishlashi haqida dolzarb ma’lumotni olish va bo‘lajak safarlarni rejalashtirish uchun Mi Electric Scooter 3 samokatini Mi Home mobil ilovasi bilan sinxronlashtiring. Siz ilovada muammolarsiz «proshivka»ni yangilashingiz, skuterni blokirovka qilishingiz yoki blokirovkasini olib tashlashingiz mumkin.
Mi Electric Scooter 3 skuteri 25 km/soat maksimal tezlikka (shuningdek 5 km gacha va 20 km/soat tezlikda harakatlanish rejimlari ham imkonli) va 30 km yurish zaxirasiga ega. Skuter quvvati 600 Vt bo‘lgan elektr dvigateliga ega, og‘irligi 13,2 kg, 100 kg maksimal yuklamaga hamda bo‘yi 120 sm dan 200 sm gacha bo‘lgan haydovchilarga mo‘ljallangan. Samokat 16 foizli qiyalikka ko‘tarilish imkonini beradi.
Xususiyatlari
Общие характеристики
Вес
Максимальная скорость
Тип тормоза
Дополнительные функции
Максимальный вес пользователя
Диаметр колес
Пробег на одном заряде