Бады для суставов ORCHIDEE PHARM Cadelta Total, 40 капсул
Бады для суставов ORCHIDEE PHARM Cadelta Total, 40 капсул
218 692 so'm
Muddatli to'lov
15 946 so‘m/oyiga
Tavsif
Cadelta Total — bo‘g‘imlaringiz uchun ikki karra himoya va harakat erkinligi
Og‘riqsiz harakat, sog‘lom bo‘g‘imlar va faol hayot uchun tabiiy yechim — Cadelta Total!
Qachon kerak Cadelta Total
- Bo‘g‘imlarda og‘riq va qotish bo‘lganda
- Artroz, artrit, osteoxondrozda
- Travma yoki operatsiyadan keyingi davrda
- Sportchilar va faol hayot tarziga ega insonlar uchun
- Yoshga bog‘liq bo‘g‘im o‘zgarishlarida
Farmakologik ta’siri
Cadelta Total — bu zamonaviy kompleks bo‘lib, uning tarkibida kurkumin va II-tur gidrolizlangan kollagen mavjud.
Preparat yallig‘lanishni kamaytiradi, og‘riqni yengillashtiradi, xaftaga to‘qimalarini tiklaydi, bo‘g‘imlar harakatchanligini yaxshilaydi va ularning yemirilishining oldini oladi.
Faol komponentlar va ularning ta’siri
Kurkumin (500 mg)
Zarchob ildizidan olingan tabiiy polifenol.
- Kuchli yallig‘lanishga qarshi va og‘riqni kamaytiruvchi ta’sirga ega.
- COX-2 va 5-LOX fermentlarini to‘xtatadi — bu yallig‘lanish va og‘riqni kamaytiradi.
- Sitokinlar (IL-1β, TNF-α) miqdorini kamaytirib, xaftaga to‘qimalarini himoya qiladi.
- Bo‘g‘im harakatchanligini oshiradi va tiklanish jarayonini tezlashtiradi.
Gidrolizlangan II-tur kollagen (500 mg)
Bo‘g‘im xaftagasining asosiy qurilish oqsili.
- Xaftaga va pay to‘qimalarini tiklaydi.
- Travma yoki operatsiyadan so‘ng regeneratsiyani tezlashtiradi.
- To‘qimalarni elastik va mustahkam qiladi, og‘riqni kamaytiradi.
Cadelta Total afzalliklari
- Yallig‘lanishni kamaytiradi va xaftagani tiklaydi
- Og‘riq va shishlarni yo‘qotadi
- Bo‘g‘im harakatchanligini oshiradi
- Travma va operatsiyadan keyingi tiklanishni tezlashtiradi
- Sportchilar uchun samarali qo‘llab-quvvatlovchi vosita
- Teri regeneratsiyasini tezlashtiradi
Qo‘llanish ko‘rsatmalari
- Osteoartroz (I–II daraja), koksartroz, gonartroz
- Osteoxondroz, disk churrasi va protruziyalar
- Artrit va poliartrit holatlarida
- Revmatik va psoriazga oid artritlarda
- Bo‘g‘im, suyak va pay shikastlanishlarida
- Sport jarohatlaridan so‘ng tiklanishda
- Operatsiyadan keyingi reabilitatsiya
- Turli darajadagi kuyishlardan so‘ng terini tiklashda
Qo‘llash usuli
Kattalar uchun:
Boshlanishda quyidagi sxema bo‘yicha qabul qilinadi — 1b - 1b + 1j - 1j
(ertalab 1 ta oq kapsula, tushda 1 oq + 1 sariq kapsula, kechqurun 1 ta sariq kapsula).
Ovqatdan oldin yoki ovqat paytida qabul qilinadi.
Davolash kursi — 1 dan 3 oygacha.
8 yoshdan katta bolalar uchun:
Kuniga 2 mahaldan 1 kapsula, ovqatdan oldin yoki ovqat paytida, 1–3 oy davomida.
Qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar
- 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar
- Homiladorlik va emizish davri
- Preparat tarkibidagi komponentlarga individual sezuvchanlik
Nojo‘ya ta’sirlar
Juda kam hollarda — engil allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri
Yallig‘lanishga qarshi dori vositalari (NPVS) bilan birgalikda qabul qilinganda ularning ta’siri kuchayishi mumkin.
Cadelta Total "Halol" sertifikatiga ega.
Dorixonalarda retseptsiz beriladi.
Tabiiy 100%, GMO va sun’iy qo‘shimchalarsiz, yaxshi o‘zlashtiriladi va uzoq muddatli qo‘llash uchun mos.
❗Dori vositasi emas. Ishlatishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.


Xususiyatlari
Asosiy xususiyatlar
Chiqarilish shakli
Me'yor
Hajmi
BFQ turi
Bepul yetkazib berish
Toshkent bo‘ylab 1 kundan, O‘zbekiston bo‘ylab 3 kundan boshlab
Tovarni qaytarish








