Смартфон Honor 400 5G 12/512 ГБ, Золотистый
Смартфон Honor 400 5G 12/512 ГБ, Золотистый
6 839 000 so'm
Muddatli to'lov
498 677 so‘m/oyiga
Tavsif
Ajoyib kamera va katta batareyaga ega buzilmaydigan telefon izlayapsizmi? Unda HONOR 400 aynan siz uchun yaratilgan. Bu o‘rta segmentdagi eng yaxshi smartfonlardan biri. Ixcham korpusi tufayli uni qo‘lda ushlash qulay va oson boshqariladi. Shu bilan birga siz quvvatli akkumulyator, tez quvvatlantirish va xotirada uzoq qoladigan ajoyib suratlar oladigan yangi 200 megapikselli kameraga ega bo‘lasiz. Smartfonning sunʼiy intellekt funksiyalari kundalik foydalanganda albatta ishingizga yaraydi.

Kelajak dizayni
HONOR 400 muhandislik aniqligi va firma dizaynini birlashtirgan. Tanib olish oson bo‘lgan profil va tekis ramka — bu bir zumda eʼtiborni tortadigan dizayn. Atigi 7,3 mm qalinlikdagi ingichka korpus va 184 grammni tashkil qiluvchi yengil vazn Honor telefonini uzoq vaqt foydalanganda ham ixcham va qulay qiladi.

5 yulduzli mustahkamlik
Mustahkam HONOR 400 smartfoni deyarli buzilmaydi. U kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shikastlanishga chidamliligini tasdiqlovchi SGS 5 yulduzli sertifikatiga ega. Suvga chidamli telefon changdan ham qo‘rqmaydi, u IP66 standarti bo‘yicha himoyalangan.

Kuchli batareya
Katta batareyali HONOR 6000 mAs smartfoni siz qayerga borsangiz ham kun davomida uzluksiz ishlashni kafolatlaydi. 1200 marta zaryadlash va zaryadsizlanish sikllariga chidaydi. taajjublanarli tezlikda quvvatlanadi — bor-yo‘g‘i 15 daqiqada smartfon 44% quvvat to‘playdi. Toshkentda arzon Honor smartfonlarini In Touch va "Aqlli uy" do‘konlaridan sotib olish mumkin.
Kuchli unumdorlik
Snapdragon 7 Gen 3 protsessori ilovalar, o‘yinlar va oqimli videolarning yashinday tez ishlashini taʼminlaydi. Yuqori yuklanishda ham qurilma tez va barqaror bo‘lib, har qanday ssenariyda ravonlikni saqlaydi. In Touch do‘konida doim aksiyalar o‘tkaziladi, telefonlarga chegirmalar mavjud bo‘lib, barcha smartfonlar kafolat va IMEI bilan sotiladi.
O‘yin “dvijogi”
GPU Turbo X o‘yin “dvijogi” o‘yinlarning silliq ishlashini taʼminlash uchun protsessor va grafikani optimallashtiradi. Qizib ketish va sekinlashuvlarsiz o‘yinlardan bahramand bo‘ling. HONOR 400 — mashhur o‘yinlarni ko‘taradigan ajoyib o‘yin telefoni, shuningdek, u PUBG uchun ham mo‘ljallangan telefon.

Sunʼiy intellekt bilan fotosuratga olish
200 MP sunʼiy intellektli kameralar tizimi har bir fotosurat kunduz ham, kechasi ham tiniq, yorqin va jonli bo‘lishi uchun yorug‘likni va syujet bo‘yicha parametrlarni avtomat tarzda sozlaydi. Qo‘shimcha sensorlar va intellektual ishlov berish funksiyasi sifatni yo‘qotmasdan keng manzaralar, portretlar va dinamik sahnalarni olish imkonini beradi.

AI Super Zoom
Katta masofadan turib 15-50x yaqinlashtirish bilan eng kichik tafsilotlarni surat oling. Sunʼiy intellekt algoritmlari kadrni qayta ishlab, har qanday kattalashtirishda ham aniqlik va chuqurlikni saqlaydi.

AI Portrait Snap
AI Blur Calculation aqlli xiralashtirish texnologiyasi va AI Intent Recognition Engine niyatlarni aniqlash tizimi tufayli har bir portret aniq chiqadi. Kamera harakatlarni ajoyib aniqlik bilan qayd etib, har bir tafsilotni yetkazadi.
Yorqin ekran
Ekranning eng yuqori yorqinligi 5000 nitga yetadi, bu yorqin yorug‘likda ham smartfondan huzurlanishga imkon beradi. Har bir tafsilot to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ostida ham aniq ko‘rinadi.

HONOR 400 bu: katta batareya, yuqori aniqlikdagi kamera, tushishga, zarbaga, namlik va changga chidamlilik, shuningdek o‘yin “dvijogi”. Siz qidirgan barcha eng yaxshi funksiyalar — bitta telefonda!

HONOR 400 texnik xususiyatlari:
Ekran: 6.55", 2736×1264, AMOLED
Xotira:
tezkor — 8 GB, 12 GB
ichki — 256 GB, 512 GB
Asosiy kamera: 200 MP ultra aniq sunʼiy intellektli kameralar tizimi
Old kamera: 50 MP
Protsessor: Snapdragon 7 Gen 3
Akkumulyator: 6000 mAs
O‘lchamlari: 156,5×74,6×7,3 mm
Og‘irligi: 184 g.
OS: MagicOS 9.0 (Android 15 asosida)
SIM-kartalar soni: 2
Boshqalar: NFC, IP66 himoya, yuzni aniqlash funksiyasi.
Xususiyatlari
Общие характеристики
Диагональ экрана
Процессор
Основная камера
Габариты
Тип экрана
Фронтальная камера
Версия ОС на начало продаж
Тип SIM-карты
Объем встроенной памяти
Вес
Емкость аккумулятора
Объем оперативной памяти
Размер изображения
Количество SIM-карт
Тип разъема для зарядки
Частота обновления экрана
Количество ядер процессора
Общие характеристики
Rangi
Bepul yetkazib berish
O‘zbekiston bo‘ylab 3 kundan boshlab
Tovarni qaytarish








.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)