Смартфон Honor X7D 6/128 ГБ, черный
Смартфон Honor X7D 6/128 ГБ, черный
2 599 000 so'm
Muddatli to'lov
189 510 so‘m/oyiga
Tavsif
Arzon narxda premium smartfon izlayapsizmi? Yangi Ultra chidamli HONOR X7d bilan tanishing. Smartfon nafis dizayn, mustahkam va xavfsiz tuzilishga ega katta batareya va zamonaviy kamerani o'zida mukammal jamlaydi. IP65 himoyasi va shikastlanishga qarshi keng qamrovli himoya, Honor telefonini deyarli o'ldirib bo'lmaydigan qiladi. Zarbaga chidamli HONOR X7d smartfoni, bu chidamlilik, bardoshlilik va ishlash quvvatining yangi darajasidir.

Smartfonning orqa qapqog'ining silliq va tegish uchun yoqimli tuzilishiga eksimerlarni qayta ishlash texnologiyasi orqali erishiladi va bu esa, undan foydalanish paytida, ipakdek tuyg'u beradi. NONOR X7d - byudjet narxidagi yuqori sifatli smartfon.
Zarbaga chidamli va bardoshli
HONOR x7d telefoni SGS xalqaro sertifikatiga ega bo'lib, u smartfonning 2 m balandlikdan tasodifiy tushish va zarbalarga chidamli ekanligini tasdiqlaydi. Honor telefoni kutilmagan hodisalar uchun yaratilgan.
Chang va suv o'tkazmaydigan
IP65 chang va suvga chidamlilik darajasi yangi Honor smartfonini qiyin sharoitlarda va hatto nam qo'llar bilan ishlatishga imkon beradi. Yomg'ir yoki suvning sachrashi, shuningdek, smartfonga chang tushishi kabi xavf tug'dirmaydi.
Ikki elementli akkumulyator
Katta 6500 mAs batareya ikkita bo'linmadan iborat bo'lib, u oddiy bitta bo'linmali batareyalarga qaraganda uzoqroq ishlaydi va kamroq qizib ketish orqali tezroq zaryad oladi. Bundan tashqari, ushbu dizayn yanada mustahkam va xavfsizdir. Telefon barqaror ishlashga qodir, shu jumladan past va yuqori haroratlarda - -20° dan +55°gacha. O'zbekiston iqlimi uchun mos!

Hayratlanarli avtonomiya
Katta batareya tufayli kuchli HONOR X7D smartfoni faol foydalanish vaqtida, bir zaryadda 16 soatgacha va standart foydalanish holatida, bir zaryadda ikki kungacha davom etishi mumkin. In Touch va "Умный Дом" do'konlarida faqat ishlab chiqaruvchining rasmiy kafolatigaega original qurilmalarni sotib oling.
Yangi darajadagi ishlash usuli
Qualcomm Snapdragon 685 8 yadroli protsessor GPU ish faoliyatini 86% gacha oshiradi. Bunday ko'rsatkichlar bilan sizga dasturlarning barqaror ishlashi, internetdan bemalol bemaqsad foydalanish va vazifalarni qulay almashtirishni kafolatlanadi. Honor x7d o'yin smartfoni sizga otishmalarda yuqori FPS ko'rsatkichini namoyish etadi.
Istisnoli 108 MP kamera
108 MP kamera sizga eng ko'p tafsilotlar va yorqin ranglar orqali yuqori aniqlikdagi HD sifatli tasvirlarni yaratishga imkon beradi. Tungi suratlar yanada yorqinroq va boyroq bo'ldi.

Sun'iy intellekt
HONOR x7d smartfoni sizning suratlaringizni keyingi bosqichga olib chiqadigan SI xususiyatlariga ega. U sizning fotosuratlaringizdan keraksiz narsalarni o'zi olib tashlashadi va ularni yanada boy qilib, tabiiy effektlarni yaratadi. Tabiiy sun'iy intellekt portretlari sizning jozibangizni yanada oshiradi va hayotingizning eng rang-barang daqiqalarini saqlab qolish uchun g'amxo'rlik qiladi.

HONOR X7d texnik xususiyatlari:
Olchamlari: 166.89 x 76.8 x 8.24 mm
Og'irligi: 208 g
Ekran turi: IPS
Ekran o'lchamlari: 1610x720
Diagonal: 6.77 dyuym
Protsessor: Qualcomm Snapdragon 685
Operativ xotira: 4 GB / 8 GB
Ichki xotira hajmi: 128 GB / 256G
Batareya quvvati: 6500 mAs
Operatsion tizim: MagicOS 9.0
NFC: bor
Asosiy kamera: 108 MP
Old kamera: 8MP
SIM-kartalar soni: 2
SIM karta turi: Nano SIM / Nano SIM
Xotira kartasi uchun slot: mavjud emas
Xususiyatlari
Общие характеристики
Объем встроенной памяти
Rang
Вес
Основная камера
Диагональ экрана
Объем оперативной памяти
Тип SIM-карты
Слот для карт памяти
Тип экрана
Количество SIM-карт
Частота обновления экрана
Количество ядер процессора
Bepul yetkazib berish
O‘zbekiston bo‘ylab 3 kundan boshlab
Tovarni qaytarish
















