Yuz uchun namlantiruvchi krem TORRIDEN DIVE IN Cream Low Molecular Hyaluronic Acid, 80 ml
Yuz uchun namlantiruvchi krem TORRIDEN DIVE IN Cream Low Molecular Hyaluronic Acid, 80 ml
22 604 so‘m/oyiga
310 000 so'm
Tavsif
Gialuron kislotali intensiv Torriden DIVE IN Low Molecular Hyaluronic Acid Cream kremi hujayralardagi optimal namlik darajasini saqlaydi va suvsizlanish belgilarini yo'qotadi, quruqlik va ko'chishlar paydo bo'lishining oldini oladi.
Mahsulotning kalit tarkibiy qismi — har xil molekulyar og'irlikdagi 5 turdagi gialuron kislotasi kompleksidir: yuqori molekulyar vaznli molekulalar teri yuzasidagi himoya to'sig'ini tiklaydi, bitishni tezlashtiradi va ko'chishni kamaytiradi. Past molekulyar vaznli molekulalar esa yuqori singuvchanlik xususiyatiga ega bo'lib, hujayra darajasida namlik yo'qotilishining oldini oladi.
Himoya funksiyalarini kuchaytiradi va terining ta'sirchanligini kamaytiradi, gidrolipid muvozanatini tiklaydi va yumshatadi. Tinchlantiruvchi ta'sirga ega bo'lib, qichishish va qizarishni oladi. Neytral pH ko'rsatkichi va vegancha tarkibi ta'sirchan hamda atopik teri uchun ham mos keladi.
Qo'shimcha faol tarkibiy qismlar:
- Jojoba, argana va makadamiya yog'lari — quruqlik va ko'chishlarni yo'qotadi, daqiq va qatlamlashgan sohalarni yumshatadi, teriga silliqlik hamda ipakdek nafosat bag'ishlab, relyefni tenglashtiradi.
- Aminokislotalar — tuzatuvchi va tiklovchi ta'sirga ega, kollagen sintezini rag'batlantirish orqali lifting-effekt beradi. Mikrotsirkulatsiyani tezlashtiradi, xiralikdan xalos etadi va teriga jilo bag'ishlaydi.
- Seramidlar — shoxsimon qatlam yaxlitligini tiklaydi, tabiiy to'siqni mustahkamlaydi, tashqi ta'sirlantiruvchilarga nisbatan ta'sirchanlikni kamaytiradi, ko'chish va quruqlikni yo'qotadi.
- Semizot (portulak) ekstrakti — shikastlangan sohalarning qayta tiklanishini tezlashtiradi, qizarishni oladi, g'ovaklarni toraytirishga yordam beradi.
- Gamamelis ekstrakti — antibakterial va tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi, yuzdagi yallig'lanishlarni tuzatadi. Sebum ishlanishini tartibga soladi, g'ovaklarni toraytiradi va yog'lilikni kamaytiradi.
Quruq, normal va aralash teri turlari uchun mos keladi.
Qo'llash usuli: yuzni yuvish, toniklash va zardob (sivorotka) ishlatishdan so'ng kremni yuzga surting hamda teri bo'ylab teng tarqating.
Xususiyatlari
Общие характеристики
Эффект
Основные компоненты
Страна производства
Тип продукта
Объем
Тип кожи
Kafolat yo‘q
Sotuvchi bu mahsulotga kafolat bermaydi
Bepul yetkazib berish
Toshkent bo‘ylab 1 kundan, O‘zbekiston bo‘ylab 3 kundan boshlab




.png)






