Ноутбук Lenovo Thinkbook 16 G8 IRL / 5-210H / 8 GB / SSD 512 GB / 16", Mica Silver
Ноутбук Lenovo Thinkbook 16 G8 IRL / 5-210H / 8 GB / SSD 512 GB / 16", Mica Silver
10 775 000 so'm
Muddatli to'lov
785 677 so‘m/oyiga
Tavsif
Lenovo ThinkBook 16 G8 IRL Core 5-210H noutbuki ish unumdorligi, yuqori sifati va ixcham korpusga ega bo‘lgan biznes darajadagi yechim sifatida ajralib turadi. Uning 16 dyuymli WUXGA 1920×1200 o‘lchamdagi IPS ekrani 16:10 formatdagi keng ish maydonini taqdim etib, matoviy qoplamasi tufayli yorug‘likda ham qulay ko‘rish imkonini beradi. Ushbu modelda ishlatilgan Intel Core 5-210H avlod protsessori 8 yadro va 12 oqimga ega bo‘lib, kundalik ofis vazifalaridan tortib ko‘p vazifali ish jarayonlarigacha bemalol bajarishga imkon beradi, TurboBoost rejimida tezligi 4.8 GHz gacha yetishi tufayli tizimning umumiy sezgirligi sezilarli oshadi. DDR5 5600 MHz standartidagi 8 GB tezkor xotira barqaror ishlashni ta’minlaydi, shu bilan birga qo‘shimcha slot mavjudligi uni kelajakda kengaytirish imkonini beradi. 512 GB hajmli PCIe 4.0 NVMe SSD esa tizim va dasturlarni yuqori tezlikda yuklashni ta’minlaysiz, ikkinchi M.2 sloti qo‘shimcha xotira o‘rnatishga imkon yaratadi.
Noutbukning integratsiyalangan Intel Graphics grafika tizimi kundalik ishlar, internet, o‘qish, multimedia va yengil grafik ishlovlar uchun yetarlidir. Uning mustahkam korpusi alyuminiy va sifatli plastikdan tayyorlangan bo‘lib, umumiy og‘irligi taxminan 1.7 kg bo‘lgani sababli uni olib yurish qulay. FullHD veb-kamera, shaxsiylik uchun yopuvchi qopqoq, ikki mikrofon va Dolby Audio tovush tizimi onlayn uchrashuv va konferensiyalarni yuqori darajada o‘tkazishga yordam beradi. Klaviatura qulay, yumshoq yuradigan tugmalar bilan jihozlangan, oq rangli orqa yoritish qorong‘i joylarda ham samarali ishlash imkonini beradi, quvvat tugmasiga integratsiyalangan barmoq izi skaneri esa xavfsizlikni yanada oshiradi.
Ulanish imkoniyatlari ham keng: HDMI 2.1, USB-A, USB-C portlari, Ethernet RJ-45, SD kart o‘quvchi kabi interfeyslar har qanday ish muhiti uchun qulaylik yaratadi. 45 Wh batareyasi kunlik ish davomida o‘rtacha yuklama ostida yaxshi avtonomlikni ta’minlaydi, USB-C 65 W quvvatlagichi esa noutbukni tez zaryadlaydi. Arctic Grey rangli korpusi biznes uslubiga mos, zamonaviy va jiddiy ko‘rinishga ega bo‘lib, nafaqat unumdorlik, balki tashqi ko‘rinishga ham e’tibor beruvchi foydalanuvchilar uchun mos tanlov hisoblanadi. Bu model ishonchli, barqaror ishlaydigan, ko‘p vazifali ofis ishlari, ta’lim jarayonlari, internet faoliyatlari va professional bo‘lmagan multimedia ishlari uchun a’lo darajadagi variantdir.
Xususiyatlari
Накопитель
Интерфейс накопителя M.2
Barmoq izlari skaneri
Rang
Saqlash hajmi 2
Размер накопителя M.2
Поддержка NVMe
Емкость накопителя
Klaviatura yoritgichi
Тип накопителя
Дисплей
Разрешение дисплей
Покрытие Экрана
Тип матрицы
Klaviatura tartibi
Яркость
Сенсорный
Диагональ экрана
Поддержка HDR
Stilus
Частота смены кадров
Видеокарта
Серия видеокарты
Тип видеокарты
Модель видеокарты
Тип памяти
Объем видеопамяти
Процессор
Объем кэш памяти 3-го уровня
Кол-во потоков
Объем кэш памяти 2-го уровня
Кодовое название
Модель
Серия
Кол-во ядер
Частота TurboBoost / TurboCore
Тактовая частота
Тип
Материал корпуса
Габариты (ШxГxТ)
Вес
Тип
Операционная система
Оперативная память
Объем оперативной память
Частота памяти
Тип памяти
Кол-во слотов
Bepul yetkazib berish
Toshkent bo‘ylab 1 kundan, O‘zbekiston bo‘ylab 3 kundan boshlab
Tovarni qaytarish





















