• image
  • image
  • image
  • image

Yuz uchun tinchlantiruvchi krem TORRIDEN Balanceful Cica Cream Centella Asiatica Extract, 80 ml

25 156 so‘m/oyiga

345 000 so'm

EPLAZA 2
4.9

Tavsif

Gipoallergen tinchlantiruvchi Torriden Balanceful Cica Cream kremi ta'sirchan terini namlaydi, yumshatadi hamda qayta tiklaydi, ta'sirlanish va qizarishlarni oladi. Surtilganda terini zumda tetiklashtiradi, quruqlik hamda tortishish hissini yo'qotadi.

Zich gelli teksturaga ega bo'lib, yopishqoqlik qoldirmaydi, teriga namlanganlik hamda qulaylik hissini bag'ishlaydi. G'ovaklarni mayinlik bilan tozalaydi va ularning tiqilib qolishining oldini oladi, sebum (teri yog'i) ajralishini me'yorlashtiradi. Aknega moyil teri uchun ham mos keladi.

Tarkibida sintellaning 5 ta unumidan tashkil topgan patentlangan T-Percent™ kompleksi mavjud: sintella ekstrakti (10 000 ppm), aziatik kislota, madekass kislotasi, aziatikosid va madekassosid. T-Percent™ qichishish hamda qizarishni tinchlantiradi, mikrojarohatlarni tuzatadi, tomirlarning mustahkamlanishiga yordam beradi va kuperozga qarshi kurashishda ko'maklashadi.

Faol moddalar T-TECA liposomalari ichiga joylashtirilgan bo'lib, bu ularga terining chuqur qatlamlariga kirib borish hamda yanada tezroq va samaraliroq ishlash imkonini beradi. Krem neytral pH darajasiga ega, terining sog'lom kislota-ishqor muvozanatini saqlaydi va sun'iy xushbo'ylagichlarni o'z ichiga olmaydi.

Qo'shimcha faol tarkibiy qismlar:

  • Pantenol (B5 vitamini) — mikrojarohatlarning bitishini tezlashtiradi, qizarish va qichishishni oladi, gidrolipid to'sig'ini mustahkamlaydi, namlikning bug'lanib ketishiga yo'l qo'ymaydi, terining tiklanishiga yordam beradi.
  • Kapriloil salitsil kislotasi (LHA) — salitsil BHA-kislotasining yumshoq analogi bo'lib, yirikroq molekulalari evaziga yanada nozik ishlaydi. G'ovaklardagi kirlarni eritadi, yog' iplarini ochartiradi, qora nuqtalar paydo bo'lishining oldini oladi.
  • Dipeptid-2 — limfa aylanishini yaxshilaydi, shishlarni oladi va shishkinlikni yo'qotadi.
  • Gidrolizlangan gialuron kislotasi — o'rtacha molekulyar hajmga ega. Namlikning maqbul darajasini me'yorlashtiradi va ushlab turadi.
  • Allantoin — regeneratsiya (qayta tiklanish) jarayonini ishga tushiradi, tuzatadi va tinchlantiradi, antioksidant ta'sir ko'rsatadi, namlaydi hamda ta'sirchanlikni kamaytiradi.
  • Betain — aminokislota unumi bo'lib, epidermida namlikni ushlab turadi va hujayra membranalarini himoya qiladi, suvsizlanishning oldini oladi, terining silliqligi hamda yumshoqligini saqlaydi.

Barcha teri turlari uchun mos keladi.

Qo'llash usuli: yuzni yuvish, toniklash va zardob (sivorotka) ishlatishdan so'ng kremni yuzga surting hamda teri bo'ylab teng tarqating.

Xususiyatlari

Общие характеристики

Основные компоненты

Cica 5D комплекс (центелла азиатская) , Гиалуроновая кислота , Пантенол , LHA-кислота

Эффект

себорегуляция , успокоение кожи и сохранение увлажненности , снятие покраснений

Тип продукта

Yuz uchun tinchlantiruvchi krem

Тип кожи

чувствительной , Жирная , для проблемной кожи , комбинированной

Страна производства

Южная Корея

Объем

80 мл
To‘liq ko‘rsatish
  • Kafolat yo‘q

    Sotuvchi bu mahsulotga kafolat bermaydi

  • Bepul yetkazib berish

    Toshkent bo‘ylab 1 kundan, O‘zbekiston bo‘ylab 3 kundan boshlab