Aqlli-soat Huawei Watch GT 6 Pro, qora
Aqlli-soat Huawei Watch GT 6 Pro, qora
277 010 so‘m/oyiga
3 799 000 so'm
Tavsif
HUAWEI WATCH GT 6 Pro 46 mm aqlli soati — uslub va yuqori funksionallik uyg‘unligi.
Yuqori ishonchlilik (Mustahkamlik)
- Premium materiallar va himoya: Premium darajadagi sapfir shisha o‘ta yuqori tiniqlik va eyilishga (shikastlanishga) chidamlilikni ta’minlaydi. Yuqori mustahkamlikka ega titan qotishmasidan ishlangan korpusi tufayli soat o‘zining yengilligi va mustahkamligi bilan ajralib turadi hamda har kungi foydalanish uchun juda mos keladi. Shikastlanishlardan universal uch qatlamli himoya va suvga chidamlilik xususiyatlari tirnalish hamda ter ta’siridan asraydi. Soat chang va suv o‘tkazmaslik bo‘yicha IP69 va 5 ATM klassidagi maxsus konstruksiyaga ega.
Akkumulyatorning tengsiz imkoniyatlari
- Uzoq muddatli avtonom ish vaqti: Minimal darajada foydalanilganda bir marta zaryadlash orqali 21 kungacha hayratlanarli ishlash vaqti. Yuqori tarkibli kremniyli innovatsion batareya tufayli energiya zichligi 37% ga oshirilgan.
Faol sport turlari uchun funksiyalar
- Kross yugurish uchun: Ko‘tarilish va tushishlarni o‘lchang hamda yo‘lingizdagi asosiy nuqtalargacha bo‘lgan masofani hisoblang.
- Golf uchun: Maydonlarning masshtablanadigan xaritalarini yuklab oling va ularni HUAWEI Health (Zdorove) ilovasida batafsil ko‘rib chiqing. Shuningdek, o‘yin strategiyangizni to‘g‘rilash uchun grinning oldi, markazi va orqa qismidagi to‘siqlargacha bo‘lgan masofani real vaqt rejimida tekshiring.
- Fridayving (Erkin sho‘ng‘ish) uchun: 40 metrgacha chuqurlikka sho‘ng‘ing, nafasni ushlab turish mashqlari va suv ostida muallaq turish (zavisanie) taymeridan foydalaning.
- Chang‘i sporti uchun: Mashg‘ulot haqida — o‘rtacha tezlikdan tortib, masofa va vaqtgacha bo‘lgan batafsil statistikani oling.
Sizning video va fotosuratlaringizga ega siferblatlar
- Jonli xotiralar bilagingizda: Sayohatlardagi unutilmas lahzalar yoki shirin oilaviy videolaringizni siferblat foniga o‘rnating. Har safar bilagingizni ko‘targaningizda hayotingizning eng yorqin lahzalarini esga oling.
Hissiy holatni kuzatib borish
- Tuyg‘ular guli va aqlli uy hayvonlari: Soat hissiy holatni 12 turga ajratadi va bular ekranda rang-barang gullar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Tuyg‘ularingiz urug‘ini eking va ularning qanday gullashini kuzating. Uy hayvonlari tasvirlangan mavzuli siferblatlar kun davomida kayfiyatingizni ko‘tarishga yordam beradi — shunchaki bilagingizni ko‘tarsangiz kifoya. Bundan tashqari, yoqimtoy virtual uy hayvonlari kerak bo‘lganda tinchlanish va dam olishingiz uchun nafas mashqlarini bajarishga ko‘maklashadi.
Salomatlik ko‘rsatkichlarini kuzatish
- Uyqu va stress monitoringi: Hatgo uyqu paytida ham muhim ko‘rsatkichlarni nazorat qiling: uyqu fazalari, uyg‘onish vaqti, umumiy dam olish vaqti, nafas olish chastotasi, puls hamda qondagi kislorod miqdorini kuzating va uyqu rejimini yaxshilash bo‘yicha foydali maslahatlar oling. Soat stress darajasini aniqlay oladi va olingan ma’lumotlar asosida holatni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar beradi.
- Tunu kun charchoq monitoringi: Jismoniy holatingizni baholash, mashg‘ulotlar rejimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va foydali odatlarni rivojlantirish uchun yurak ritmining o‘zgaruvchanligini (HRV) kuzatib boring.
- Qondagi kislorod miqdorini tezkor o‘lchash: Nafas olish tizimingiz holatini baholash uchun istalgan vaqtda SpO2 darajasini o‘lchang.
- EKG ma’lumotlari tahlili: Korpusning yon tomonidagi elektrodga barmog‘ingizni tegizing va 30 soniya davomida ushlab turing — jarayon yakunlangach, EKG tahlili natijasini olasiz.
- Puls to‘lqini va aritmiya tahlili: Maxsus FPG-datchik yordamida yurak bo‘lmachalari fibrillyatsiyasi (artimiya) belgilari va ekstrasistoliya xavfi yuzaga kelganda o‘z vaqtida bildirishnomalar olib, yurak-qon tomir tizimingiz salomatligini nazorat qiling.
- Kompleks xulosa: Salomatligingiz holati haqida umumiy sharh hamda uyqu sifatini, hissiy holatni yaxshilash, mashg‘ulotlar intensivligini sozlash bo‘yicha shaxsiy tavsiyalar va boshqa foydali maslahatlarga ega bo‘ling.
Keng moslashuvchanlik
- iOS va Android bilan moslik: HUAWEI WATCH GT 6 soatlari iOS va Android operatsion tizimlarida ishlaydigan qurilmalar bilan to‘liq mos keladi, bu esa ulardan foydalanishni sezilarli darajada osonlashtiradi.
Xususiyatlari
Общие характеристики
Материал корпуса
Датчики
Функции мониторинга
Дополнительные функции
Процессор
Беспроводная связь и навигация
Разрешение дисплея
Степень защиты дисплея
Operativ xotira
Время работы в активном режиме
Тип дисплея
Batareya quvati
Тип операционной системы
Материал ремешка
Olchami
Rangi
Ichki xotira
Форма корпуса часов
Диагональ дисплея
Rasmiy kafolat
12 oy
Bepul yetkazib berish
Toshkent bo‘ylab 1 kundan, O‘zbekiston bo‘ylab 3 kundan boshlab
.png)
.png)

.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)



.png)















