Сироп NEO GROUP STYLE XOS NEOLIV Защита печени, 100 мл
Сироп NEO GROUP STYLE XOS NEOLIV Защита печени, 100 мл
8 270 so‘m/oyiga
113 411 so'm
Tavsif
NEOLIV — jigarni himoya qiladi va organizmni tozalaydi
Tovar nomi: Neoliv
Chiqarilish shakli: Sirop, 100 ml flakonda.
Tarkibi (10 ml siropda):
- Silymarin — 150 mg (faol modda silibinin)
- Artişok ekstrakti — 50 mg
Yordamchi moddalari: distillangan suv, maltodekstrin, natriy benzoat, limon kislotasi.
Farmakoterapevtik guruhi:
O‘simlik asosidagi gepatoprotektor va isitmani tushiruvchi vosita.
ATX kodi: A05AX
Farmakologik ta’siri:
Neoliv — o‘simlik asosida ishlab chiqilgan gepatoprotektor bo‘lib, jigarni himoya qiladi, tozalaydi va tabiiy tiklanish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi.
Uning samarasi silymarin va artişok ekstraktining tabiiy xususiyatlariga asoslanadi.
- Silymarin jigar hujayralarini toksinlardan himoya qiladi, hujayra membranasini mustahkamlaydi, oqsil va fermentlar sintezini faollashtiradi.
- Jigar hujayralarining yangilanishini tezlashtiradi, distrofik jarayonlarni kamaytiradi va jigarni tiklaydi.
- Artişok ekstrakti tarkibida tsinarin va fenol kislotalar mavjud bo‘lib, ular organizmdan toksinlar, og‘ir metall tuzlari, xolesterin, siydik kislotasi va zararli birikmalarni chiqarishga yordam beradi.
- Shuningdek, u siydik haydovchi va ovqat hazm qilishni yaxshilovchi ta’sirga ega.
- Silymarin bilan birgalikda gepatoprotektiv va detoksik ta’sirni kuchaytiradi.
Farmakokinetikasi:
Ichak orqali sekin so‘riladi (yarim so‘rilish davri — 2,2 soat).
Jigarda metabolizatsiyalanadi, yarim chiqarilish davri — 6 soat.
Asosan o‘t bilan chiqariladi, oz qismi siydik orqali. Tana ichida to‘planmaydi.
Qo‘llanilishi (ko‘rsatmalar):
- Jigarni toksik zararlanishi, surunkali gepatit (kompleks davolash tarkibida), gepatitdan keyingi tiklanish;
- O‘t yo‘llarining gipokinetik diskinziyasi;
- Toshsiz xoletsistit;
- Jigar sirrozi (kompleks terapiyada);
- Surunkali nefrit (kompleks terapiyada);
- Dorilar, alkogol yoki boshqa toksik moddalar bilan bog‘liq zaharlanishlarning oldini olishda.
Qo‘llanish usuli:
Ovqatdan 30 daqiqa oldin qabul qilinadi.
5 ml sirop (1 o‘lchov qoshiq) 0,5 stakan iliq suvda eritilib ichiladi.
Yosh guruhiQabul qilish me’yori1 yoshdan 3 yoshgacha0,5 o‘lchov qoshiq × 3 marta kuniga3 yoshdan 12 yoshgacha1–2 o‘lchov qoshiq × 3 marta kunigaKattalar, homiladorlar va emizikli ayollar2–3 o‘lchov qoshiq × 3 marta kuniga
Qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar:
Preparat tarkibidagi komponentlarga individual sezuvchanlik.
Boshqa dorilar bilan o‘zaro ta’siri:
Neoliv boshqa gepatoprotektorlar (fosfolipidlar va polivitaminlar) ta’sirini kuchaytiradi.
Nojo‘ya ta’sirlari:
Odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Uzoq muddatli yuqori dozalarda diareya yoki allergik reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin.
Chiqarilish sharti:
Dorixonalarda retseptsiz beriladi.
Neoliv “Halol” sertifikatiga ega.
100% tabiiy mahsulot, GMO va sun’iy qo‘shimchalarsiz, organizm tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi, uzoq muddatli qo‘llanish uchun mos.
❗Dori vositasi emas. Foydalanishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Xususiyatlari
Asosiy xususiyatlar
Me'yor
BFQ turi
Chiqarilish shakli
Hajmi
Kafolat yo‘q
Sotuvchi bu mahsulotga kafolat bermaydi
Bepul yetkazib berish
Toshkent bo‘ylab 1 kundan, O‘zbekiston bo‘ylab 3 kundan boshlab
.png)



.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)



.png)




