Quyoshdan himoyalovchi krem Round Lab Birch Juice Moisturizing Mild-Up Sunscreen, 50 ml
Quyoshdan himoyalovchi krem Round Lab Birch Juice Moisturizing Mild-Up Sunscreen, 50 ml
15 969 so‘m/oyiga
219 000 so'm
250 000
-12%
Tavsif
Round Lab Birch Juice Moisturizing Mild-Up Sunscreen SPF50+ PA++++ quyoshdan himoyalovchi kremi sezuvchan terini ultrabinafsha nurlardan a’lo darajada himoya qiladi, qizarish va kuyishlar paydo bo‘lishining oldini oladi hamda fotoqarishga to‘sqinlik qiladi.
Nozik formulaga ega ushbu vosita sezuvchan va muammoli teri uchun juda mos keladi: yog‘li yaltirashni keltirib chiqarmaydi, tashqi ta’sirlarga nisbatan sezuvchanlikni pasaytiradi va yallig‘lanishning oldini oladi. Yuqori UB-himoya indeksi klinik sinovlar bilan tasdiqlangan.
Yengil teksturaga ega krem teriga juda yaxshi surtiladi, tetiklashtiruvchi finish qoldiradi va teri rangini mayin tekislaydi.
Formulaning asosiy faol moddasi — Koreyaning ekologik toza Indje hududida o‘sadigan daraxtlardan olingan qayin sharbati. Qayin sharbati tarkibida fruktoza va dekstroza, magniy va kalsiy fosfatlari, B12 va B6 vitaminlari kabi foydali komponentlar mavjud. U terining optimal namlik darajasini saqlab turadi, keratinotsit hujayralari faoliyatini yaxshilaydi va epidermis salomatligini mustahkamlaydi.
Qo‘shimcha faol komponentlar:
- Glitseril glyukozid (Glyceryl Glucoside) — glitserin va glyukoza hosilasi bo‘lib, teriga namlikni singdirish imkonini beruvchi kanallarni hosil qiladigan akvaporin oqsillari faoliyatini yaxshilaydi. Glitseril glyukozid quruqlikni bartaraf etadi va hujayralarda namlikni saqlab turadi.
- Rux oksidi (Оксид цинка) — UB-nurlanishni o‘tkazmaydigan fizik quyoshdan himoya qiluvchi filtr bo‘lib, shu orqali pigment dog‘lari va fotoqarish belgilari paydo bo‘lishidan himoya qiladi.
- Dermatic AC kompleksi — kedr, nilufar (lotos) va xamirturush ekstraktlaridan iborat bo‘lib, antibakterial va aknega qarshi vosita sifatida ishlaydi, yallig‘lanish o‘choqlarini bartaraf etadi, namlantiradi va tiklaydi.
- Askorbin kislotasi — antioksidant ta’sir ko‘rsatadigan C vitaminining shakli bo‘lib, hujayralarni erkin radikallardan himoya qiladi, buning natijasida qarish jarayonini sekinlashtiradi, shuningdek, pigmentatsiya paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi va teri rangini tekislaydi.
- 2 turdagi gialuron kislotasi — namlikni bog‘laydi, suvsizlanish va quruqlikning oldini oladi, yumshatadi hamda terida namlikni ushlab turuvchi himoya to‘sig‘ini hosil qiladi.
Barcha teri turlari uchun mos keladi.
Qo‘llash usuli: kunduzgi parvarishning yakuniy bosqichi sifatida kremni yuz va terining boshqa ochiq joylariga surting. Yuz uchun ko‘chaga chiqishdan 15–20 daqiqa oldin taxminan 1,2 ml vositadan (1/3 choy qoshiq yoki «2 barmoq» qoidasi bo‘yicha) foydalaning. Himoya qatlamini har 2–3 soatda, cho‘milgandan yoki sochiq bilan artilgandan so‘ng yangilab turing.
Xususiyatlari
Состав и свойства
Активные компоненты
Общие характеристики
Назначение
Тип кожи
Пол
Тип продукта
Объем
Kafolat yo‘q
Sotuvchi bu mahsulotga kafolat bermaydi
Bepul yetkazib berish
Toshkent bo‘ylab 1 kundan, O‘zbekiston bo‘ylab 3 kundan boshlab
.png)



.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)



.png)

.webp)



.jpg)