Yuz uchun tinchlantiruvchi krem TORRIDEN Dive in Molecular Hyaluronic Acid, 100 ml
Yuz uchun tinchlantiruvchi krem TORRIDEN Dive in Molecular Hyaluronic Acid, 100 ml
24 719 so‘m/oyiga
339 000 so'm
Tavsif
Tinchlantiruvchi Torriden DIVE IN Low Molecular Hyaluronic Acid Soothing Cream kremi qichishish hamda ta'sirlanishni oladi, qizarishni kamaytiradi va yallig'lanishlarning bitishiga yordam beradi. Chuqur namlantirishni ta'minlaydi va terining suvsizlanishiga qarshi kurashadi.
Yaqqol namoyon bo'luvchi tiklovchi ta'sir ko'rsatadi, terining ta'sirchanligini kamaytiradi, kapillyar devorlarini mustahkamlaydi va terini zichlashtiradi. Quruqlik va ko'chishlardan xalos etadi, gidrolipid muvozanatini me'yorlashtiradi.
Mahsulot har xil molekulyar og'irlikdagi 5 turdagi gialuron kislotasini o'z ichiga oladi: yuqori molekulyar vaznli molekulalar teri yuzasidagi himoya to'sig'ini tiklaydi, bitishni tezlashtiradi va ko'chishni kamaytiradi. Past molekulyar vaznli molekulalar esa yuqori singuvchanlik xususiyatiga ega bo'lib, hujayra darajasida namlik yo'qotilishining oldini oladi.
Qo'shimcha faol tarkibiy qismlar:
- Aminokislotalar — tuzatuvchi va tiklovchi ta'sirga ega, kollagen sintezini rag'batlantirish orqali lifting-effekt beradi. Mikrotsirkulatsiyani tezlashtiradi, xiralikdan xalos etadi va teriga jilo bag'ishlaydi.
- Gamamelis ekstrakti — antibakterial va tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi, yuzdagi yallig'lanishlarni yo'qotadi. Sebum ishlanishini tartibga soladi, g'ovaklarni toraytiradi va yog'lilikni kamaytiradi.
- Pantenol (B5 vitamini) — qizarish va qichishishni oladi, himoya funksiyalarini optimallashtiradi, namlik yo'qotilishini kamaytiradi, shikastlangan to'qimalarning tiklanishiga yordam beradi.
- Baqlajon ekstrakti — antioksidant himoyasini ta'minlaydi, namlaydi va gidrolipid to'sig'ini mustahkamlaydi.
- Glutatyon — yoshartiruvchi ta'sir ko'rsatadi, teri tonusini oshiradi, ajinlarni silliqlaydi va horg'inlik belgilarini yo'qotadi. Yoshi bilan bog'liq pigmentatsiya hamda postakne izlariga ta'sir ko'rsatib, yuz tusi (ton)ni tenglashtiradi.
- Kurkuma ekstrakti — qizarishni kamaytiradi va yallig'lanishlarning bitishini tezlashtiradi, antioksidant faollikka ega, yuz tusi tengligini ta'minlaydi va xiralikni yo'qotadi.
- Malahit ekstrakti — himoya funksiyalarini kuchaytiradi, hujayralarni yemiruvchi oksidlanish jarayonlarini to'sadi.
Barcha teri turlari uchun mos keladi.
Qo'llash usuli: yuzni yuvish, toniklash va zardob (sivorotka) ishlatishdan so'ng kremni yuzga surting va teri bo'ylab teng tarqating.
Xususiyatlari
Общие характеристики
Эффект
Основные компоненты
Тип продукта
Страна производства
Тип кожи
Объем
Kafolat yo‘q
Sotuvchi bu mahsulotga kafolat bermaydi
Bepul yetkazib berish
Toshkent bo‘ylab 1 kundan, O‘zbekiston bo‘ylab 3 kundan boshlab




.png)








